asosiy   saytda reklama    qoidalar  biz bilan aloqa
Русский O`zbekcha
 
 
Google yordamida qidirish   Yandex yordamida qidirish   Sayt bo'yicha qidirish
 
Login:
Parol:
Parolni unutdim?





Savdo yarmarkasi ish boshladi

Muallif: admin1 от 9-01-2013, 05:44

Andijon. Yurtimizda Yangi yil shukuhi kezayotgan shu kunlarda aholini sifatli oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan ta’minlash maqsadida Alisher Navoiy nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida “Ona yer saxovati” savdo yarmarkasi tashkil etildi.

Savdo yarmarkasida viloyatning dehqon va fermerlari tomonidan yetishtirilgan sifatli meva, sabzavot va poliz mahsulotlari xaridorlarga taqdim etilmoqda.

– Savdo shoxobchalarimizda 60 turdan ziyod oziq-ovqat va qishloq xo‘jalik mahsulotlari sotilmoqda, – deydi Andijon tumanidagi “Xartum” savdo-ishlab chiqarish korxonasi rahbari M.Azimov. – Bayram dasturxoni to‘kin bo‘lishini ta’minlash maqsadida mahsulotlarimiz bozordagiga nisbatan birmuncha arzon narxlarda sotilmoqda. Yaratilgan bunday qulaylikdan shahar aholisi behad mamnun bo‘layotir.

– Savdo-yarmarkasidasotilayotgan mahsulotlarning sifatli va xilma-xilligidan mamnunmiz, – deydi Andijon shahridagi 24-umumta’lim maktabi o‘qituvchisi Dilfuza Tohirova. – Bu yerdagi qulaylik, xizmat ko‘rsatish madaniyatining yuqoriligi, ro‘zg‘or uchun zarur barcha mahsulotlarning mavjudligi e’tiborga sazovor.

Bunday savdo yarmarkalari xalqimizning bayram kayfiyatini yanada ko‘tarishga, turmush farovonligini oshirishga xizmat qilmoqda.

Hurmatli foydalanuvchi. Siz saytimiz maqolalariga izoh qoldira olmaysiz.
Iltimos saytimiz qaydnomasidan ro`yhatdan o`tishingizni so`raymiz.

Izohlar:

Izoh qoldirish
PrezentatsiyalarEnsiklopediyaReferatlar