asosiy   saytda reklama    qoidalar  biz bilan aloqa
Русский O`zbekcha
 
 
Google yordamida qidirish   Yandex yordamida qidirish   Sayt bo'yicha qidirish
 
Login:
Parol:
Parolni unutdim?





San’at koshonasi – yangi qiyofada

Muallif: admin1 от 9-01-2013, 05:37

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat musiqali teatri jamoasi mamlakatimiz Konstitutsiyasining 20-yillik bayramini katta quvonch bilan qarshi oldi.

Qayta rekonstruksiya qilinib, yangicha qiyofa kasb etgan teatr binosining foydalanishga topshirilgani san’atkorlar uchun ulkan bayram sovg‘asi bo‘ldi.

Qurilish va ta’mirlash ishlari bosh pudratchi “Remont elektromontaj” korxonasi tomonidan nisbatan qisqa vaqtda va sifatli amalga oshirildi. Bino tomi, isitgich va elektr energiyasi tarmoqlari to‘liq yangilandi, yo‘laklari keramika plitkalar bilan bezatildi. Zamonaviy qandillar o‘rnatildi. Milliy uslubida ishlov berilgan eshiklar qo‘yildi. San’at koshonasi atrofi obodonlashtirilib, so‘lim go‘shaga aylantirildi.

Teatr binosining ochilishiga bag‘ishlangan taniqli san’atkorlar ishtirokidagi konsert dasturi Orolbo‘yi rassomlarining hamda usta hunarmandlarining asarlari ko‘rgazmasiga ulanib ketdi. Tadbirda qatnashgan keng jamoatchilik vakillari, talaba-yoshlar teatr binosidagi zamonaviy shart-sharoitlar bilan tanishib, qo‘li gul quruvchilarning mehnatiga yuksak baho berdilar.

Hurmatli foydalanuvchi. Siz saytimiz maqolalariga izoh qoldira olmaysiz.
Iltimos saytimiz qaydnomasidan ro`yhatdan o`tishingizni so`raymiz.

Izohlar:

Izoh qoldirish
PrezentatsiyalarEnsiklopediyaReferatlar