O`zbekcha
 
 
biz bilan aloqa
Google       
 
:
:
?





» Sherali Jurayev » mp3 » Birinchi muhabbatim






Tarona matni

BIRINCHI MUHABBATIM

Kecha oqshom falakda oy bozarib botganda,
Zuhro yulduz moltirab xira xanda otganda,
Ruhimda bir mayuslik sokinlik uygotganda,
Men seni esga oldim, birinchi muhabbatim,
Eslab xayolga toldim, birinchi muhabbatim.

Otdi yoshlik zavq bilan, gohi topolon bilan,
Gohida yaxshi bilan, gohida yomon bilan,
Ayro ham tushdim bazan qalb bilan imon bilan
Lekin seni yoqotdim, birinchi muhabbatim,
Mangu gaflatda qotdim, birinchi muhabbatim.

Dunyo degan shundayin anglab bolmas sir ekan,
Goh keng ekan, gohida tuynuksiz qasr ekan,
Lekin inson hamisha bir hisga asir ekan,
Nechun bilmovdim avval, birinchi muhabbatim,
Parvo qilmovdim avval, birinchi muhabbatim.

Yolin yoqotsa odam muhabbatga suyangay,
Gussaga botsa odam muhabbatga suyangay,
Chorasiz qotsa odam muhabbatga suyangay,
Men kimga suyangayman, birinchi muhabbatim,
Faqat eslab yongayman, birinchi muhabbatim.
Eslab bagrim tiglayman, birinchi muhabbatim.

Nido bergil qaydasan, sharpangga quloq tutdim,
Sirli tushlar koribman, bor dunyoni unutdim,
Tongda turib nomingga ushbu sherimni bitdim,
Dildagi ohim mening, birinchi muhabbatim,
Yolgiz Ollohim mening, birinchi muhabbatim.