O`zbekcha
 
 
biz bilan aloqa
Google       
 
:
:
?





» Sherali Jurayev » mp3 » Do'st bo'lsang yonimda tur






Tarona matni

DOST BOLSANG YONIMDA TUR

Ey jonu dilim, sen meni yonimda tur,
Yonda ne, balki manim ayni shu qonimda tur,
Beqaror qon bu nadur, sen shirin jonimda tur
Bevafo jon deydilar, pokiza iymonimda tur,
Har yomonu yaxshi kunda barcha imkonimda tur,
Ongda tur yo solda tur, sen meni yonimda tur.

Dosti kop qaddi bukilmas deydilar qon kechsa ham,
Kechmagay mard dostidan molu jondin kechsa ham,
Boma deb garchi raqiblar zar choponing yechsa ham,
Garchi taqdir hush kelib yolingga gullar sochsa ham,
Mayli har ne kechsa ham, dost bosang yonimda tur
Dost bosang yonimda tur, dost bosang yonimda tur.

Molu davlat qolda bolsa dostu yor ham kop bolar,
Qayga borsang olqishu, maqtovchilar ham kop bolar,
Hech qoqilma, gar qoqilsang giybatchilar top-top bolar,
Munofiq ham soxta dosting dushmaningdek bopqolar,
Mayli har ne gap bolar, dost bosang yonimda tur,
Dost bosang yonimda tur, dost bosang yonimda tur.

Har yomonu yaxshi kunda kozlarim dost axtarar,
Bu kongul har soniya ming shirin soz axtarar,
Kimki oni topmadib bitta gul yuz axtarar,
Charx urib oyu quyosh ham kecha kunduz axtarar,
Top seni kim axtarar, dost bosang yonimda tur,
Dost bosang yonimda tur, dost bosang yonimda tur.

Nozaninlar bazmida aytilar mastona soz,
Termulib joningni olgay surmali mastona koz,
Kelgil ey jonimki sendan tinglayin dostona soz,
Qollarim tutsin belingdin, surtayin poyingga yuz,
Bazmi dildoshlarni tuz, dost bosang yonimda tur,
Dost bosang yonimda tur, dost bosang yonimda tur.

Bu jahonda dost yoq, qilma oh, qilma xitob,
Dostni top ham Haqni topgin, Tangri bergan bir Kitob,
Haqni tosang dostni topding, dost qidirsang Haqni top,
Zarra imkoning bosa bir garib konglini top,
Haq yolida qil savob, dost bosang yonimda tur,
Dost bosang yonimda tur, dost bosang yonimda tur.

Ota-onag`a o`g`il-qiz mehribondir do`st bo`lsa,
Hatto sevgan sevgiling ham vafodordir dost bo`lsa,
Yuzni burma og`a-ini garchi ming xil so`z bo`lsa,
Yetti yot begonalar ham birodardir do`st bo`lsa,
Mayli har ne so`z bo`lsa, do`st bo`lsang yonimda tur.

Ey jonu dilim, sen meni yonimda tur,
Yonda ne, balki manim ayni shu qonimda tur,
Beqaror qon bu nadur, sen shirin jonimda tur,
Bevafo jon deydilar, pokiza iymonimda tur,
Qayda tursang tur vale, dost bosang yonimda tur,
Ongda tur yo solda tur, sen meni yonimda tur.