O`zbekcha
 
 
biz bilan aloqa
Google       
 
:
:
?





» Sherali Jurayev » mp3 » Olis yo'llar






Tarona matni

OLIS YO`LLAR

Sherali Jo`rayev sheri

Baxti toleini qidirgan odam
Olis yolga chiqqan yurtdoshim ogam
Bardam bol, horma, dadil qoy qadam
Iloyim yollaring bexatar bolsin.

Olis ipak yo`l bu taramlari ko`p,
Chinu farang, hindning sanamlari ko`p,
Turku forsning qoshi qalamlari ko`p,
Bu yo`lda topganing haloling bo`lsin.

Olam bozor olmish, barcha xaridor,
Har kim ne ilinsa sotishga tayyor.
Kimdur do`stin sotar, kim tashna, kim zor,
Bu yolda imonin asragan kim bor?

Tiriklik bozori boshingga tushdi,
Er-ayol, keksa-yu yoshingga tushdi,
Burgut ham rizq tilab qoshingga tushdi,
Kaftin ochib kelsa koksing ochilsin.
Qalbing muruvvatu nehrga to`lsin!

Baxti toleini qidirgan odam
Olis yolga ketgan yurtdoshim ogam
Bardam bol, horma, dadil qoy qadam
Iloyim yollaring bexatar bolsin.