O`zbekcha
 
 
biz bilan aloqa
Google       
 
:
:
?





» Sherali Jurayev » mp3 » Ey Do'st






Tarona matni

EY DOST

Ey, dost ancha yolni yurib qoydik biz,
Yomonu yaxshini korib qoydik biz,
Kelib bu dunyoda ne qilding desa
Odamga odamlik qilib qoydik biz.

Kimlarga yoqmadik kimlarga yoqdik,
Ishqning ummonida mavjlanib oqdik,
Habibim dermu deb termulib boqdik,
Qalbda ishq olovin yoqib qoydik biz.

Halolu poklikdan yiroqlab bazan,
His va ehtirosga tolib yotdik biz,
Tumanlar ichinda tentirab oxir
Iymon eshigini kelib ochdik biz.

Kimdir yolimizga gov bolmoq boldi,
Kimdir jonimizga chang solmoq boldi,
Kimdir uyimizga ot qoymoq boldi,
Tavakkal Alloh deb turib qoydik biz.

Yaxshilik yiglab, song kulganin kordik,
Yomonning jazosin olganin kordik,
Sotqinning sarmisor bolgonin kordik,
Haqning haqligini bilib qoydik biz.

Ey dost, bu dunyoning poyoni yoqdur,
Kim shohu kim gado kim och, kim toqdur,
Bunda kelganning hech ketgisi yoqdur,
Ajib bir dunyoga kelib qoldik biz.

Yomonlik oxiri zimiston tuman,
Yaxshilik oxiri gozal bir chaman,
Sorsangiz chamansan va yoki tuman,
Ezgulik urugin ekib qoydik biz.

Hotami toylarni Olloh ham sevar,
Mardlik ham nomardlik yonma-yon yurar,
Girrom ham goliblik davosin qilar,
Bunga istehzoli kulib qoydik biz.

Olamni yaratgan qodiri qudrat
Kimga qilich bermish kimlarga hikmat,
Niyat shu tirikmiz baholi qudrat
Yaratganga qullik qilmoq boldik biz.

Ey, dost ancha yolni yurib qoydik biz,
Yomonu yaxshini korib qoydik biz.