O`zbekcha
 
 
biz bilan aloqa
Google       
 
:
:
?





» Yulduz Usmonova » mp3 » Kechagi kun






Tarona matni

KECHAGI KUN


Kimlar uchun ketmas davron kechagi kun
Kimlar uchun mangu armon kechagi kun
Yangi kundan yangi yoldan umidlar kop
Vale endi qaytmas mexmon kechagi kun

Yangi asr ostonadan odimlaydi
Kimni dunyo kimni unda baxt imlaydi
Ammo mening yuragimni timdalaydi
Quldan ketgan bitta imkon kechagi kun

Kechagi kun kechagi kun kechagi kun
Quldan ketgan bitta imkon kechagi kun
Uygotolsang har kongilda baxt oxlaydi
Kimdan rozi kimdan giryon kechagi kun

Kechagi kun kechagi kun kechagi kun
Qadring kimlar qildi yakson kechagi kun
Uygotolsang har kongilda baxt oxlaydi
Kimdan rozi kimdan giryon kechagi kun

Savob qilgan savobidan yuzi yorug
Togri odam javobidan yuzi yorug
Elim xurlik oftobidan yuzi yorug
Ozod bolgan Ozbekiston kechagi kun

Bozorlarda molin emas dilin sotib
Kimlar ketdi diyonatin elin sotib
Shoyad bizga insof bersa tonglar otib
Qadring kimlar qildi yakson kechagi kun

Kechagi kun kechagi kun kechagi kun
Quldan ketgan bitta imkon kechagi kun
Uygotolsang har kongilda baxt oxlaydi
Kimdan rozi kimdan giryon kechagi kun

Kechagi kun kechagi kun kechagi kun
Kimdan rozi kimdan giryon kechagi kun
Sensiz axir ertasini kim kutgaydir
Bizdan kulib ketgin mezbon kechagi kun

Oqil sening yodingga ham gul tutgaydir
Mevang totib johil song dor unutgaydir
Sensiz axir ertasini kim kutgaydir
Bizdan kulib ketgin mezbon kechagi kun

Odamzodni orzulari yetaklaydi
Yaxshi ozdan yomon sendan opkalaydi
Uygotolsang har kongilda baxt oxlaydi
Kimdan rozi kimdan giryon kechagi kun

Kechagi kun kechagi kun kechagi kun
Quldan ketgan bitta imkon kechagi kun
Uygotolsang har kongilda baxt oxlaydi
Kimdan rozi kimdan giryon kechagi kun

Kechagi kun kechagi kun kechagi kun
Sensiz axir ertasini kim kutgaydir
Kechagi kun kechagi kun kechagi kun
Bizdan kulib ketgin mezbon kechagi kun

Kimdan rozi kimdan giryon kechagi kun