O`zbekcha
 
 
biz bilan aloqa
Google       
 
:
:
?





» Yulduz Usmonova » mp3 » Gar o'lsam






Tarona matni

GAR OLSAM


Samodagi yulduzlarga kochsam hamki
Zulmatlarda shamdek yonib ochsam hamki
Olislarda sendan ayro tushsam hamki
Daryo bolib toshar konglim toshar konglim
Yurak sen deb urib turar ona yurtim

Sen bolmasang bolarmidim yulduz bu kun
Ishqingda qalb yonar kecha kunduz bu kun
Chuqur botdi qalbimga bir ildiz bu kun
Ildizidan uzilsa kim shaksiz solar
Ildizidan uzilmagan chinor bolar

Gar olsam beshigimning yopinchigin topinglar
Yirtiq yamoq bolsada tobutimga yopinglar
Gorsinlar yiglaganlar umrim bir xatodir
Bu dunyoda topganim shu bir parcha matodir

Senga tomon talpinarman yuragim sen
Xar qadamda panoh menga keragim sen
Qayda bolmay sening bitta bolagingman
Kecholmasman sendan asl ozligimsan
Qora qoshli qora kozli ozbegimsan

Men vatanni alishmasman dunyolarga
Alishmasman parij rim amriqolarga
Tuprogingni zarrasidek tillolarga
Ona yurtim dildan sevgan dilbandingman
Xizmatinga kamarbasta farzandingman

Gar olsam beshigimning yopinchigin topinglar
Juldir javoq bolsada tobutimga yopinglar
Korsinlar yigilganlar umrim bir xatodir
Bu dunyoda topganim shu bir parcha matodir
Shu bir parcha matodir

Chiqmay turib shirin joni badanidan
Kechmas yulduz oz elidan vatanidan
Ayro tushmas bulbul ham oz chamanidan
Bulbul bolib navo qildim boglaringda
Garchi qancha alam qoldi zoglaringda
Alam qoldi zoglaringda


Gar olsam beshigimning yopinchigin topinglar
Yirtiq yamoq bolsada tobutimga yopinglar
Korsinlar yigilganlar umrim bari xatodir
Hayotimda topganim shu bir parcha matodir

Shu bir parcha matodir
Umrim bari xatodir
Shu bir parcha matodir