asosiy   saytda reklama    qoidalar  biz bilan aloqa
Русский O`zbekcha
 
 
Google yordamida qidirish   Yandex yordamida qidirish   Sayt bo'yicha qidirish
 
Login:
Parol:
Parolni unutdim?





NTTlar faolligi oshmoqda

Muallif: admin1 от 9-01-2013, 05:33

Farg‘onada O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan o‘tkazilayotgan grant tanlovlarida ishtirok etish masalasiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Ekologik harakati, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil institutining Farg‘ona viloyati hududiy bo‘linmasi, O‘zbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi hamkorligida tashkil etilgan mazkur tadbirda nodavlat notijorat tashkilotlarining rahbarlari, Ekoharakat faollari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Davra suhbatida Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida “Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari” tamoyili asosida amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning yuksak samaralari haqida so‘z yuritildi.

Bugungi kunda fuqarolik jamiyatining muhim bo‘g‘ini hisoblangan nodavlat notijorat tashkilotlarining erkin faoliyat yuritishi va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishining zarur huquqiy asoslari yaratildi. Mazkur tashkilotlarning jamiyat hayotining barcha jabhalarida kechayotgan islohotlar jarayonida faol ishtiroki ta’minlanmoqda. Jumladan, aholi salomatligini muhofaza qilish va sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish, atrof-muhit va ekologiya musaffoligini ta’minlash, jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish, xotin-qizlar va yoshlar manfaatlarini himoya qilish, oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilikni rivojlantirishda nodavlat notijorat tashkilotlarining roli kuchayib bormoqda. Ularning bu boradagi intilishlarini ro‘yobga chiqarishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan o‘tkazilayotgan grant tanlovlari muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Farg‘ona viloyatida faoliyat yuritayotgan 300 dan ziyod nodavlat notijorat tashkilotlari ham mazkur fond tanlovlarida muntazam ishtirok etib kelayotir. Hozirgacha viloyatdagi nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari tomonidan taqdim etilgan 55 loyiha fond grantlari asosida moliyalashtirildi.

– Jamoat fondi tomonidan joriy yilda e’lon qilingan grant tanlovlaridan biri atrof-muhit muhofazasi, aholi sog‘lig‘ini saqlash, tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish borasida nodavlat notijorat tashkilotlari va aholining faolligini oshirishga qaratilgan, – deydi “Salomatlik plyus ekologiya” nodavlat notijorat tashkiloti rahbari Xadicha Nazarova. – Bugungi tadbirda biz ko‘plab grantlar bo‘yicha zarur ma’lumotlarga ega bo‘ldik.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan e’lon qilingan grant tanlovi mavzulari va ularda qatnashish tartibi to‘g‘risida ishtirokchilarga batafsil ma’lumot berildi.

Hurmatli foydalanuvchi. Siz saytimiz maqolalariga izoh qoldira olmaysiz.
Iltimos saytimiz qaydnomasidan ro`yhatdan o`tishingizni so`raymiz.

Izohlar:

Izoh qoldirish
PrezentatsiyalarEnsiklopediyaReferatlar