asosiy   saytda reklama    qoidalar  biz bilan aloqa
Русский O`zbekcha
 
 
Google yordamida qidirish   Yandex yordamida qidirish   Sayt bo'yicha qidirish
 
Login:
Parol:
Parolni unutdim?





Jahon chempionati boshlandi

Muallif: admin1 от 9-01-2013, 05:21

Birlashgan Arab Amirliklarining Al-Ayn shahrida shaxmat bo‘yicha shaharlar jamoalari o‘rtasida jahon chempionati boshlandi.

Xalqaro shaxmat federatsiyasi – FIDE shafeligida o‘tkazilayotgan musobaqada mezbonlar bilan birga O‘zbekiston, AQSH, Angliya, Avstraliya, Fransiya, Shvetsiya, Gretsiya, Turkiya, Rossiya, Ukraina, Ozarboyjon, Xitoy, Hindiston va Qozog‘iston kabi 24 mamlakatning shahar jamoalari olti guruhga bo‘lingan holda kuch sinashmoqda. Guruh bosqichida birinchi va ikkinchi o‘rinni egallagan jamoalar pley-off bahsiga yo‘llanma oladi.

Jahon chempionatida Vatanimiz sharafini grossmeysterlarimiz – Marat Jumayev, Aleksey Barsov, Saydali Yo‘ldoshev va xalqaro toifadagi sport ustasi Andrey Kvondan iborat Toshkent shahri jamoasi himoya qilmoqda. Jamoamiz “B” guruhida Saratov (Rossiya), Ptuj (Sloveniya) va Chennai (Hindiston) jamoalari bilan kuch sinashmoqda.

Musobaqaning dastlabki partiyasida vakillarimiz Chennai jamoasini 3,5:1,5 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Ushbu partiyada M.Jumayev N.Shiamni, A.Kvon V.Rajeshni, A.Barsov N.Navalgundni mot qilgan bo‘lsa, S.Yo‘ldoshev M.Karsikeyan bilan durang o‘ynadi. Jamoamiz ikkinchi partiyada Ptujga imkoniyatni boy berdi.

Guruhda ikkinchi o‘rinda borayotgan Toshkent shahri jamoasi uchinchi turda Saratov jamoasiga qarshi dona suradi.

Hurmatli foydalanuvchi. Siz saytimiz maqolalariga izoh qoldira olmaysiz.
Iltimos saytimiz qaydnomasidan ro`yhatdan o`tishingizni so`raymiz.

Izohlar:

Izoh qoldirish
PrezentatsiyalarEnsiklopediyaReferatlar