asosiy   saytda reklama    qoidalar  biz bilan aloqa
Русский O`zbekcha
 
 
Google yordamida qidirish   Yandex yordamida qidirish   Sayt bo'yicha qidirish
 
Login:
Parol:
Parolni unutdim?





O‘zbekiston – “Fair Play” sovrini sohibi

Muallif: admin1 от 9-01-2013, 05:14

Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan mamlakatimizda futbolni rivojlantirishga qaratilayotgan yuksak e’tiborning xalqaro miqyosdagi yana bir e’tirofi.

Shveytsariyaning Syurix shahrida Xalqaro futbol uyushmalari federatsiyasi – FIFA tomonidan 2012-yil yakunlari bo‘yicha turli nominatsiyalar g‘oliblarini taqdirlashga bag‘ishlangan marosim bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirda O‘zbekiston futbol federatsiyasi “Fair Play” (halol o‘yin) sovrini bilan taqdirlandi.

Ushbu nufuzli mukofotning O‘zbekistonga topshirilishi Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida futbolni rivojlantirishga qaratilayotgan ulkan e’tiborning xalqaro miqyosdagi yana bir e’tirofidir.

Ta’kidlamoq lozimki, bunday ulkan yutuqqa o‘z-o‘zidan erishib bo‘lmaydi. Mazkur xalqaro e’tirof zamirida uzoqni ko‘zlab olib borilayotgan oqilona siyosat, izchil va zahmatli mehnat mujassam.

Davlatimiz rahbari Islom Karimov tomonidan futbolni rivojlantirishga qaratilayotgan doimiy e’tibor va g‘amxo‘rlik o‘zining yuksak samaralarini bermoqda. Prezidentimizning 2006-yil 1-mayda qabul qilingan “O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq tuzilgan Futbolni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tomonidan bolalar va o‘smirlar futbolini rivojlantirish, yangi o‘quv-mashg‘ulot maskanlarini bunyod etish, futbol maktablari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash borasida ulkan ishlar amalga oshirilayotir.

Davlatimiz rahbarining 2011-yil 19-yanvarda qabul qilingan 2011 – 2013-yillarda respublikada futbolning moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash va uni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qaroriga muvofiq yangi stadionlar barpo etilmoqda, mavjudlari rekonstruksiya qilinmoqda, bolalar va o‘smirlar futbol maktablarini zamonaviy sport inventarlari bilan ta’minlash, malakali murabbiylar va hakamlar tayyorlash ishlarini yanada kuchaytirish yuzasidan keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.

Mamlakatimiz mustaqilligining 21-yilligi arafasida poytaxtimizda qurib bitkazilgan “Bunyodkor” sport kompleksi mazkur yo‘nalishda izchil davom ettirilayotgan keng ko‘lamli ishlarning amaldagi yana bir yorqin ifodasi bo‘ldi.

Futbolni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayonida bolalar futboliga alohida e’tibor qaratilayotgani natijasida mamlakatimizda mohir futbolchilarning yangi avlodi yetishmoqda. Bolalar va o‘smirlar futbol maktablari, ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar, olimpiya zaxiralari kollejlari, futbol maktablari va akademiyalari faoliyatining zamon talablariga mos yo‘lga qo‘yilgani bunda muhim omil bo‘layotir. Bolalar, o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida futbolni ommalashtirish va rivojlantirish o‘zbek futbolining xalqaro maydondagi obro‘ va e’tiborini yanada yuksaltirishga xizmat qilayotir.

2012-yilgi sport mavsumi o‘zbek futboli uchun yutuqlarga boy bo‘ldi. 16 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarimiz Eronda o‘tkazilgan Osiyo chempionatida bosh sovrinni qo‘lga kiritdi. 20 yoshgacha bo‘lgan terma jamoamiz ham qit’a birinchiligida kuchli to‘rtlikdan joy olib, navbatdagi jahon chempionatida to‘p suradigan bo‘ldi. O‘zbekiston amputantlar terma jamoasi esa ketma-ket uchinchi marta jahon chempioni bo‘ldi. 16 yoshgacha bo‘lgan qizlarimiz ilk marotaba Osiyo chempionatining final qismiga yo‘llanma oldi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2014-yilgi jahon chempionatining Osiyo saralash musobaqasida o‘z guruhida peshqadamlik qilmoqda.

Futbol dunyodagi eng ommaviy sport turlaridan. Bugungi kunda jahon miqyosida minglab futbol klublari faoliyat yuritmoqda. Ularning har biri o‘zining millionlab muxlislariga ega. Prezidentimiz Islom Karimov “Bunyodkor” stadioni bilan tanishuvi chog‘ida sportdagi halollik, tomoshabinlar madaniyati xususida alohida to‘xtalib, xalqimizning go‘zal fazilatlari mana shunday stadionlarda o‘tkaziladigan futbol uchrashuvlari, turli sport musobaqalarida ham namoyon bo‘lishi kerak, kim qaysi jamoa yoki futbol klubiga muxlislik qilishidan qat’i nazar o‘zaro hurmat, yuksak madaniyat bo‘lishi lozimligini alohida ta’kidladi.

Davlatimiz rahbari ko‘targan masala bugungi kunda 209 mamlakat futbol federatsiyalarini birlashtirgan Xalqaro futbol uyushmalari federatsiyasi – FIFA oldida ham dolzarb bo‘lib turibdi. FIFA tomonidan 1987-yilda ta’sis etilgan “Fair Play” sovrini futbolda mardlik va halollik namunalarini ko‘rsatib kelayotgan jamoalarga, muxlislar o‘rtasida o‘zaro hurmat muhitini mustahkamlashga hissa qo‘shgan mutaxassislarga beriladi.

“Fair Play” ochkolari bellashuvlarni halol o‘tkazish, chiroyli o‘yin, raqib jamoa futbolchilari va hakamlarga nisbatan hurmat, muxlislar madaniyati, futbolchilarning o‘yinda va maydon tashqarisida o‘zini tutishi, qizil va sariq kartochkalar soni kabi qator tamoyillar bo‘yicha to‘planadi. 2012-yilda xalqaro uchrashuvlarda qatnashgan barcha terma jamoalarimiz va professional futbol klublarimiz halol o‘yin, o‘zbek futbol ishqibozlari esa yuksak muxlislik madaniyati namunasini ko‘rsatdi.

Bu yil ushbu sovringa O‘zbekiston va Gvatemala futbol federatsiyalari hamda Turkiyaning “Eskishehirspor” jamoasi nomzod qilib ko‘rsatilgan edi.
Mamlakatimiz terma jamoalari va professional futbol klublarining xalqaro maydonlarda halol o‘yin tamoyillari bo‘yicha eng ko‘p – 498,84 ochko jamg‘argani inobatga olingan holda ushbu nufuzli sovrin O‘zbekiston futbol federatsiyasiga topshirildi.

Bu – mamlakatimizda yosh avlodni ajdodlarimizga xos mardlik va halollik, bag‘rikenglik, do‘stlik, o‘zaro hurmat ruhida tarbiyalash borasida olib borilayotgan izchil ishlarning amaldagi yana bir yuksak samarasi, xalqaro miqyosdagi keng e’tirofidir.

Hurmatli foydalanuvchi. Siz saytimiz maqolalariga izoh qoldira olmaysiz.
Iltimos saytimiz qaydnomasidan ro`yhatdan o`tishingizni so`raymiz.

Izohlar:

Izoh qoldirish
PrezentatsiyalarEnsiklopediyaReferatlar